Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
2024-07-23 09:17:04 201
Inson qalbiga yo‘l mehr-muruvvat va saxovatdan boshlanadi. YEtim-esirlar, beva-bechoralar va nogironlarga muruvvat ko‘rsatish, sidqidildan beg‘araz yordam berish kabi fazilatlar ongimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir. Darhaqiqat Qo‘shtepa tumanida ham bunday saxovat tadbirlari muntazam ravishda davom etib kelmoqda.
Xususan, “Fayz” mahallasida boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga xomiylar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Shuningdek O’rta O’qchi mahallasida yashovchi U.Ulug‘ovga Qo‘shtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nogironlik aravachasi topshirildi.