Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMLIK SOATI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-07-22 10:38:29    162

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligining yig‘ilishlar zalida tuman hokimi A.Abdullayev rahbarligida hokimlik soati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda tuman hokimining o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari hamda mutaxassislari, shuningdek tashkilot rahbarlari va mahallalarning hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

Ushbu yig‘ilishda aholi muammolarini hal etish, iqtisodiy-ijtimoiy masalalar, ijro intizomi, qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek mahalliy byudjet tushumi hamda debitor qarzdorlikni qisqartish hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.  

Shuningdek hokim yordamchilarining joriy yildagi olti oylik faoliyati muhokama qilinib, mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish, hokim yordamchilarining tavsiyanomalari asosida tadbirkorlik uchun kredit va subsidiyalar ajratish, aholini kasb-hunarlar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitib o‘z yo‘nalishida doimiy bandligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi va yil davomida eng yaxshi natijalarga erishgan hokim yordamchilarining mehnatlari e’tirof etildi. 










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram