Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
2024-07-20 08:34:37 421
Madaniyat markazida Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari, tijorat banklari rahbarlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, o‘quvchi-yoshlar, bitiruvchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, muammo va takliflar yuzasidan murojaat qilib, savollariga amaliy javoblar olishdi. Yoshlar tomonidan o‘rtaga tashlangan tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kasb-hunar egallash, imtiyozli kredit olish, dehqonchilik uchun yer ajratish, ishga joylashish kabi masalalarga oid 22 ta murojaatning 9 tasi joyida ijobiy hal qilindi.
O’z o‘rnida, “Hokim va yoshlar” uchrashuvida bildirilgan barcha taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi, ko‘tarilgan muammoli masalalar ijrosi nazoratga olinishi qayd etildi.