Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XORIJDA ISHLAB, QAYTIB KELGAN ISHSIZ FUQAROLARNI ISH BILAN TA’MINLANISHDA AMALIY YORDAM KO‘RSATILMOQDA
2024-07-16 09:07:19 118
Xorijda ishlab yurgan Ogohiddin va Fazliddin Abdurahmonovlar yurtimizga qaytib keldi. Aka-ukalar Qo‘shtepa tumanining “Do‘rmon” mahallasida istiqomat qiladi.
Mahalla hokim yordamchi Fazliddin O’rinov tomonidan aka-ukalarni tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratib berildi. Ushbu oilaning bandligini ta’minlash hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida Ogohiddin Abdurahmonovga 32 million so‘m imtiyozli kreditga bug‘doyni qayta ishlash un tegirmoni va chorva uchun yem mahsulotlari tayyorlovchi uskuna olib berildi.
Xozirda aka-ukalar tadbirkorlik faoliyatni yo‘lga qo‘yib, mahalladoshlari uchun xizmat qilmoqdalar.