Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OILAVIY TADBIRKORLIK RIVOJLANMOQDA
2024-07-12 09:16:56 488
Sayxunobod tajribasi amalda
Qo‘shtepa tumani “Qiyqi” MFY Sardoba ko‘chasi 111-uyda yashovchi Siddiqjon Toshboltayevlarning xonadonida 12 nafar jon ahil inoq yashaydi. Tomorqa maydoni ham 28 sotixdan iborat bo‘lib ekin ekiladigan qismida to‘liq turli uzum navlari yetishtiriladi.
Sayxunobod va Uychi namunasi asosida ushbu xonadon tanlab olingan hamda 5 ta yo‘nalishda paketlar olib kirilgan. Bular non tayyorlash, asalarichilik, parrandachilik, quyonchilik, yuk tashish xizmati yana qo‘shimchasiga xonadonda biogumus tayyorlash bo‘yicha ishlar boshlangan.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida Xalq banki Qo‘shtepa bo‘limi tomonidan 57 million so‘m bank krediti ajratildi. Olingan imtiyozli kredit asosida 8 tandir, 4 ta asalari uyasi, 30 dona parranda, bitta motoroller hamda xomiylik hisobidan 5 dona quyon olib berildi.
Bugungi kunda 8 ta tandirdan o‘rtacha bir kunda 100 dona patir yopiladi narxi 25 ming so‘m, parrandadan (qora tovuq) bir kunda o‘rtacha 20-25 dona tuxum olinadi, bir dona tuxumning narxi
2,0 ming so‘m, bir yilda 8125 dona tuxum olinadi. Asalaridan bir yilda o‘rtacha har bir qutidan 15 kg dan jami 60 kg asal yetishtiriladi. Quyonchilikka kelsak, yilda o‘rtacha bir dona quyon 28 tagacha ko‘payadi, bir dona quyonni o‘rtacha 200 ming so‘mdan sotib daromad oladi. Motoroller nonlarni manzilga tez va sifatli hamda yo‘l haqi tejalgan holda mahsulot tannarxini pasayishiga va daromadni yanada ko‘payishiga olib kelmoqda.
Dastlabki hisob kitobga ko‘ra xonadonning yillik jami daromadi 700-800 million so‘mni tashkil etadi. Yillik sof daromad 240 million so‘m. Xonadonda bandlar soni 9 (5 ta doimiy) nafarni tashkil etadi. Shuningdek xonadon jon boshiga daromadi hozirgi kunda oylik 3,5-4,5 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Xulosa o‘rnida shu aytish joizki bugun tumanimizning qay manzilida bo‘lmang, Siddiqjon Toshboltayev singari insonlarni qizg‘in ish jarayonda uchratasiz. E’tiborli jihati, amalga oshirilayotgan ishlar orqali aholining turmush farovonligi bozorlar to‘kinligi taminlanyapti.
Muxtasar aytganda, mahallalarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar aholi bandligini ta’minlash va turmush farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.