Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KUTUBXONAGA TASHRIF
2024-07-12 08:51:20 481
Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markaziga davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish va kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish maqsadida Respublika Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi xodimlari, mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari, Madaniyat markazi xodimlari, Davlat kadastrlar palatasi tuman bo‘limi xodimlari, Langar shifoxonasi va 87-Oilaviy poliklinika xodimlari hamda “Qiyqi” mahalla fuqarolar yig‘inining yettiligi tashrif buyurdilar.
Kitobxonlar axborot-kutubxona markazining kitob fondi bilan yaqindan tanishdilar va o‘zlari yoqtirgan adabiyotlarni tanlab, o‘qish uchun kutubxonaga a’zo bo‘ldilar.
Shuningdek, axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida kitobsevarlar bilan “Kitob ezgulikka chorlovchi yo‘l” nomli savol-javob kechasi tashkil etildi.