Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SEKTOR RAHBARI TOMONIDAN NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
2024-07-11 13:55:09 167
Qo‘shtepa tumanidagi “Qayrag‘och” va “Yo‘ldoshobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Anvarjon Abdullayev ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Muammolar yuzma-yuz, oshkora aytilgan uchrashuvda tuman hokimi tomonidan fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi oson bo‘lgan murojaatlar joyida hal etildi. Ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.