Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 126 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH VA BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2024-07-06 13:29:32    20

PDF yuklash
Chop etish














Hisob palatasi raisi Qo‘shtepa tumani mahalla fuqarolar yig‘inlarida "ettilik" jamoasi bilan uchrashib, joyida ular bilan birgalikda ishlar tashkil qilishda qatnashdi.

“Sayxunobod tajribasi” asosida “mahalla drayveri”ni rivojlantirish bo‘yicha mas’ullarga  zarur tavsiyalar berildi.

Xususan Qo‘shtepa tumanida 51 ta mahalla 38 141 ta xonadon 59 541 ta oilalar mavjud. Aholi soni 209 520 nafarni tashkil etadi.

So‘nggi 20 kun ichida 138 ta oilalarga 2 mlrd 660 mln.so‘m, shundan 67 ta mikroloyihalarga 904,0 mln.so‘m, 61 ta oilalarga imtiyozli kreditlar asosida 834,0 mln.so‘m, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrda imzolagan “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-306-sonli qarorlariga muvofiq 7 ta tadbirkorlik sub’ektlariga 700,0 mln.so‘m, biznesga bir qadam loyihasi asosida 3 ta sub’ektlarga 215 mln.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Hisob palatasi raisi Qo‘shtepa tumani “Qiyqi” MFY Sardoba ko‘chasi 111-uyda yashovchi Siddiqjon Toshboltayev xonadonida bo‘ldi.

Siddiqjon Toshboltayev oilada ota-onasi, 3 nafar ukasi ularning farzandlari 6 nafar, turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandi jami 12 nafar jon ahil inoq yashaydi. Tomorqa maydoni 28 sotixdan iborat bo‘lib ekin ekiladigan qismida to‘liq xar xil uzum navlari yetishtiriladi.

Davlatimiz raxbari topshiriqlariga asosan Sayxunobod va Uychi namunasi asosida ushbu xonadon tanlab olingan hamda 5 ta yo‘nalishda paketlar olib kirilgan. Bular non tayyorlash, asalarichilik, parrandachilik, quyonchilik, yuk tashish hizmati yana qo‘shimchasiga xonadonda biogumus tayyorlash buyicha  ishlar boshlangan.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida Xalk banki Qo‘shtepa bo‘limi tomonidan 57 mln so‘m bank krediti ajratildi. Olgan imtiyozli kredit asosida 8 tandir, 4 ta asalari uyasi, 30 dona paranda, bitta motoroller hamda xomiylik xisobidan 5 dona quyon olib kelindi.

Bugungi kunda 8 ta tandirdan o‘rtacha bir kunda 100 dona patir yopiladi narxi 25 ming so‘m, bir yilda 36,5 ming dona non yopiladi. Parandadan (qora tovuq) bir kunda o‘rtacha 20-25 dona tuxum oladi, bir dona tuxumning narhi

2,0 ming so‘m, bir yilda 8125 dona tuxum oladi. Asalaridan bir yilda o‘rtacha har bir qutidan 15 kg dan jami 60 kg asal yetishtiradi. Quyonchilikdan yilda o‘rtacha bir dona quyon 28 tagacha ko‘payadi, bir dona quyon o‘rtacha 200 ming so‘mdan sotib daromad oladi. Motoroller nonlarni manzilga tez va sifatli xamda yo‘l haqi tejalgan holda mahsulot tannarxini pasayishiga va daromadni yanada ko‘payishiga olib kelmoqda.

Dastlabki hisob kitobga ko‘ra xonadonning yillik jami daromadi 700-800 mln.so‘mni tashkil etadi. Yillik sof daromadi: 240 mln.so‘m.

Xonadonda bandlar soni 9 ta (5 ta doimiy). Shuningdek xonadon jon boshiga daromadi hozirgi kunda oylik 3,5-4,5 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

 

 

 

 

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram