Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH OYLIGI” DOIRASIDA MAHALLALARDA UCHRASHUVLAR O‘TKAZILMOQDA
2024-07-05 15:32:41 524
Farg‘ona viloyati hokimining 2024 yil 11 iyun kunidagi “Viloyatda kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi kompleks targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan rejaga asosan Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi, Markaziy bank viloyat boshqarmasi hamda hokimlik vakillaridan tuzilgan ishchi-guruhi tomonidan Qo‘shtepa tumanidagi “shodlik” va “Langar” mahalla fuqarolar yig‘inlarida uchrashuvlar o‘tkazildi.
Unda ishtirokchilarga kiberjinoyatlarning aksariyati bevosita jabrlangan shaxsning xatosi bilan, ya’ni, o‘zining shaxsiga doir va bank kartasi ma’lumotlarini begona shaxslarga taqdim etishi oqibatida sodir etilayotgani, shu sababli aholida kibergigiyenani shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlanib, kiberjinoyatlarga qarshi kurashishni targ‘ib qiluvchi flayer va qo‘llanmalar tarqatildi.