Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH” TARG‘IBOT OYLIGI DAVOM ETMOQDA
2024-07-05 15:24:44 523
Xabaringiz bor viloyatimizda 1-iyuldan 31-iyulgacha “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” o‘tkazilmoqda.
Oylik doirasida Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida tashkil etilgan tadbirda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazining mas’ul xodimi A.Mamatxonov, Markaziy bank viloyat boshqarmasidan N.Obidov hamda hokimlik vakillaridan tuzilgan ishchi-guruhi, shuningdek tuman IIB boshlig‘i I.Xamroqulov va korxona, tashkilotlar vakillari, mahallalarning mas’ullari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida hozirgi rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari asrida hayotning barcha jabhalarida kompyuter va raqamlashtirilgan turli xil texnikalar ommalashayotgani, afsuski, bundan g‘araz maqsadda foydalanuvchilar ham ortib borayotgani, natijada sodir etilayotgan jinoyatlar orasida internet va kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq holatlar nisbati keskin oshib ketayotgani ta’kidlab o‘tildi.
Shu sababli “Fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda fuqarolarda “kibergigiyena”ni shakllantirish” zarurligi va bu borada hamkorlikda ish olib borishlik tushuntirildi.