Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HISOB PALATASI RAISI QO‘SHTEPA TUMANIDA BO‘LDI

×

 2024-07-05 14:40:06    21

PDF yuklash
Chop etish


 

Aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy ko‘maklashish, ularning daromadli mehnat bilan bandligi va uy xo‘jaligida daromad topishini ta’minlash, “mahallabay” ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali kambag‘allikni qisqartirishning samarali garovidir. Aholi turmush tarzi, kam ta’minlangan oilalarga daromad manbaini yaratib berish, tomorqa xo‘jaliklari bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyatimizda xizmat safari bilan bo‘lib turgan va tumanimizga biriktirilgan respublika Hisob palatasi raisi Adiz Boboyev Qo‘shtepa tumanining “Qiyqi” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.

Adiz Boboyev dastlab mahallada belgilangan yo‘nalishlardagi ishlarni tizimli tashkil etish, “Mahalla yettiligi” tomonidan olib borilayotgan ishlar, ularning o‘zaro hamkorligi masalalari bilan tanishish maqsadida “Qiyqi” mahallasi yettiligi bilan suhbatlashdi.

Muloqot davomida mahalla yettiligiga aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy ximoyaga muxtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, daromad manbalarini yaratishga ko‘mak berish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, imtiyozli kreditlar ajratish orqali tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Hisob palatasi raisi Adiz Boboyev “Qiyqi” mahalla fuqarolar yig‘ini Sardoba ko‘chasida istiqomat qiluvchi Siddiqjon Toshboltayevlarning xonadonida bo‘lib, ushbu oilaning yashash tarzi va daromad olishlari bilan tanishdi.

Siddiqjon Toshboltayevning oilaviy daromadini oshirish maqsadida imkoniyatlaridan kelib chiqib, tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mahalla hokim yordamchisi Baxtiyor Taniqulovning tavsiyasiga ko‘ra imtiyozli kredit asosida 25 million so‘mlik 10 dona tandir, 6 million so‘mlik 4 quti asalari, 4 million so‘mlik 40 bosh parranda, 10 dona bepul quyon bilan ta’minlanib, 4 ta yo‘nalishda paket tayyorlangan.

Ish boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, qisqa muddat ichida oilada 6 kishi va hududdagi 10 nafardan ziyod ishsiz ayollarning doimiy bandligi ta’minlandi. Qishloq ayollari hozirda oilaning asosiy daromad manbai bo‘lgan patir yopish ishlarida ko‘mak berishadi. Shuningdek, ushbu oilaga faoliyatlarini rivojlantirish uchun 33 million so‘mlik imtiyozli kerditga “motoroller” ham olib berildi.

Bundan tashqari xonadon egalari tabiiy o‘g‘it - biogumus tayyorlash bilan ham shug‘ullanishadi va tomorqadagi uzumdan ham yaxshigina daromad olishadi.

Hisob palatasi raisi Adiz Boboyev tadbirkorning faoliyati bilan yaqindan tanishib, u bilan hamsuhbat bo‘ldi. Shuningdek, tadbirkorning kelgusidagi rejalari bilan fikr almashdi va loyihalar yuzasidan zarur ko‘rsatmalar, taklif hamda tavsiyalar berildi.


















 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram