Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KAFTDEK TOMORQA — KATTA DAROMAD MANBAI
2024-07-02 09:06:38 456
Erdan unumli foydalanish har bir qarichi oltinga teng bӯlgan mamlakatimizda bugungi kunda asosiy mavzuga aylanib qolgan. Bu masalaga davlat siyosati darajasida ahamiyat berilayotgani ham bejiz emas. Aholi tomorqasidan unumli foydalanish, kichik imkoniyatdan yuqori daromad olishni tumanimiz ahli yaxshi o‘zlashtirgan. Bugun ko‘pchilik xonadonlarda issiqxona barpo etilib, pamidor, bodring mahsulotlari yetishtirilayotir. Shu bilan birga bahorgi ekin uchun nihollar tayyorlanmoqda. Zero tomorqa – daromad manbaidir.
Bundan tashqari, tomorqaga karam, kartoshka va boshqa sabzavot ekinlari ekilyapti. Bu borada tumandagi “Shahartepa” mahallasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mahallaning Mingterak ko‘chasida yashovchi tomorqachi Maxamadjon Sultonov “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida 12 million so‘m kredit olib yashash xonadonining 3 sotix yerida issiqxona tashkil etgan.
Maxamadjon Sultonov bugungi kunda ushbu issiqxonadan samarali foydalanib pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, achchiq qalampir singari turli xil ko‘chatlar ekib yiliga 20-25 million so‘m sof daromad olib kelmoqda.
Etishtirilgan mahsulotlar ichki bozorlarga va mahalladagi do‘konlarga yetkazib berilmoqda. Oila a’zolarining ikki nafari esa doimiy ish bilan band bo‘lgan.