Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM YORDAMCHILARI XALQ XIZMATIDA
2024-07-01 13:26:40 457
Qo‘shtepa tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni va bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish darajasi ortmoqda. Maktabgacha ta’lim maskanlarini ko‘paytirish uchun oilaviy, nodavlat hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘chalar tashkil etilmoqda.
Jumladan, tumanning “Borot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Orzu ko‘chasida yakka tartibdagi tadbirkor Kamolaxon Usmonova va Yashnaobod ko‘chasida yakka tartibdagi tadbirkor Gavxarxon Bo‘ronovalar tomonidan 2 ta oilaviy bog‘cha tashkil etildi.
Mahalladagi hokim yordamchisi Maqsudxon Sayidazimovning tavsiyasiga ko‘ra har ikkala tadbirkorga ham Biznesni rivojlantirish banki tomonidan 100 million so‘mlik imtiyozlik kredit olib berildi.
Mahalladagi hokim yordamchisining ko‘magida oilaviy bolalar bog‘chasi faoliyatni yo‘lgan qo‘ygan tadbirkorlar tomonidan 4 ta ish o‘rni yaratildi. Bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari, sog‘lom ulg‘ayishlari uchun esa barcha shart-sharoitlar muxayyo etildi.