Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI

×

 2024-06-28 08:57:05    303

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva ishtirokida mahallalarda istiqomat qiluvchi qizil toifaga kiritilgan qizlar bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Uchrashuvda yoshlarga motivatsiya berish, ularni ilm olishga, kasb-hunar o‘rganishga qiziqtirish maqsadida M.Yuldasheva o‘zining hayot yo‘li, tajribalari, bugungi kunda O’zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar haqida gapirib o‘tdi.

Tadbirda “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindori N.Ergasheva, “Qizlar ovozi” klubi viloyat koordinatori M.Po‘latovalar ham ishtirok etishdi.

Bugun mamlakatimizda yoshlarga, ayniqsa qizlarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan e’tibor va yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘zining iqtidori va izlanishlari tufayli yutuqlarga erishgan qizlar tomonidan bildirilgan fikrlar suhbat ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram