Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA FARG‘ONA VILOYATI HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR RAHBARLARINING NAVBATDAGI OMMAVIY SAYYOR QABULI TASHKIL ETILDI
2024-06-26 13:06:07 266
Bugun Qo‘shtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining hovlisida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining aholini yashash hamda turmush sharoitlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi.
Fuqarolar, davlat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashgan mazkur tadbirda murojaatlar asosan tergov-sud, ijro va boshqa masalalarga oid bo‘ldi.
Qabul davomida ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, o‘rganish talab etilgan shaxslarning murojaatlari nazoratga olindi.