Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2024-06-25 21:46:44    221

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan mahallalarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri tumandagi 37-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Sarmazor mahallasi Oqila ayollar harakati a’zolari, ko‘chaboshilar, dasturxonchilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda bugungi kunning dolzarb muammolari to‘g‘risida so‘z bordi.

Jumladan, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, erta turmush va erta, istalmagan xomiladorlikka yo‘l qo‘ymaslik va firibgarlikdan ogoh bo‘lish kabi masalalar muhokama qilindi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan suhbatda tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M. Yuldasheva, tuman IIB xotin-qizlar bo‘yicha katta inspektori, podpolkovnik M.Vaxapova, Oqila ayollar harakati rahbari D.Yusupova va tuman bosh otinoyisi M.O’rmonovalar ishtirok etishdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram