Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2024-06-19 17:15:01 286
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumanidagi “Eshonguzar” mahallasidan ichimlik suv ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan yo‘llangan murojaat e’lon qilingan edi. Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon bankining xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4898-sonli qarori bo‘yicha 2023 yilda “Eshonguzar” MFY hududida yashovchi aholi xonadonlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash dasturiga kiritilgan.
Qurilish ishlari “Barkamol ta’mir butlash” MChJ tomonidan olib borilgan. Dasturga asosan 1 dona quduq qazish, 1 dona quduq ta’mirlash, 2 dona suv minorasi, 2 dona suv nasosi, 2 dona TP, 2 dona suvni zararsizlantirish uskunasi o‘rnatish, 19 km yangi tarmoq tortish ishlari bajarilgan. Qurilish ob’ektining kafolat muddati 2-yil etib belgilangan. Bu davr mobaynida aniqlangan kamchilik va yuzaga kelgan nosozliklar quruvchi tashkilot tomonidan bartaraf etiladi. Murojatda ko‘rsatilgan kamchiliklar quruvchi tashkilotga yetkazilgan va quruvchi tashkilot tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.