Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘LIDA HUNARI BOR AYOL TADBIRKORGA AYLANDI
2024-06-19 10:28:08 238
Mamlakatimizda qo‘lida hunari bor, oilasiga, jamiyatga foydasi tegadigan ayollarga tadbirkorlik qilishga keng yo‘l ochildi.
Qo‘shtepa tumanining “Shahartepa” mahallasida yashovchi Zoxidaxon Siddiqova va Gulbahorxon Asqaraliyevalar chevarchilik bilan shug‘ullanadi, ular buyurtma asosida ko‘rpa-to‘shak, yostiq tikadi.
Zoxidaxon va Gulbahorxonlar ishsizligi tufayli mahallaning hokim yordamchisiga murojaat qilishib “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida imtiyozli kredit olishdi.
Zoxida Siddiqova 8 million, Gulbahorxon Asqaraliyeva esa 10 million so‘m kredit mablag‘i evaziga tikuv mashinalari harid qilishib, uy sharoitida ko‘rpa-to‘shak tikish faoliyatini yo‘lga qo‘yishdi. Ayni kunlarda hunarlari ortidan baraka topib nafaqat o‘zlari, balki oilaviy daromad manbaiga ega bo‘lishdi.
– Ko‘rpa-to‘shak tikish qo‘limdan kelardi. Lekin ish boshlagani uyda tikuv mashinasi yo‘q edi – deydi Gulbahorxon Asqaraliyeva. – Yurtimizda biz ayollarga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, qizlarimni yonimga olib, shu hunar bilan shug‘ullana boshladik. Ko‘rpa-to‘shak va yostiqlarni mahallani o‘zidan buyurtma olib tikamiz. Buyurtma ko‘pligidan xatto ulgurmay qolyapmiz. Allohga shukur, oilaviy daromadimiz ham chakki emas.
Har ikki ayol hozirda uyida tikuvchilik qilib ko‘rpa-to‘shak, yostiq tikishayotgan bo‘lsa, yaqin kunlar ichida mahalladagi o‘zlari singari ishsiz ayollarni ishga jalb qilish va faoliyatlarini kengaytirish niyatidalar.