Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDAGI MASJIDLARDA QURBON HAYITI NAMOZI O‘QILDI
2024-06-16 07:31:02 462
Qurbon hayiti — Alloh taolo tomonidan aziz va mukarram qilib yaratilgan insonni, uning sha’ni, qadr-qimmati va hurmatini ulug‘lash kabi muqaddas tushunchalarni o‘zida aks ettirgan ushbu bayram yurtimizda inson qadrini yuksaltirish, xalqimizni hayotdan rozi qilish borasida olib borayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ma’no-mazmuniga har tomonlama uyg‘un va hamohang ekani bilan ham e’tiborlidir.
Ana shunday ulug‘ bayram tongida Qo‘shtepa tumanidagi jome masjidlari yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘lib, hayit namozi o‘zgacha fayz bilan ado etildi. Masjidlarda hayit namoziga yig‘ilgan barcha musulmonlar ushbu qutlug‘ va muqaddas bayram bilan qutlanib, tinch va osuda yurtda yashayotganimiz, xotirjam ibodatlar qilayotganimiz uchun yaratganga shukronalar aytildi.
Xususan, “Istiqlol” MFY hududidagi “Abdussomad oxund” jome’ masjidida ham hayit namozida Qurbon hayitining hayrli ayyomligi, yurtimizda islom dini rivoji va ma’naviy qadriyatlarimizni asrash borasida qilinayotgan ishlar haqida ma’ruza qilindi. Bu kunni yaxshi kayfiyatda o‘tkazish, barcha kin-adovatlarni unutish lozimligi ta’kidlandi.
Namozdan so‘ng jannatmakon yurtimizga tinchlik-omonlik so‘rab, xalqimiz farovonligi, yoshlarimiz baxtu iqbolini tilab duolar qilindi.