Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MO‘’TABAR ONALARIMIZ E’ZOZLANMOQDA

×

 2024-06-15 12:54:53    477

PDF yuklash
Chop etish


 

“Onalarga ehtirom” festivali doirasida Qo‘shtepa tumanida ham ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, onalarga bo‘lgan hurmat-ehtiromni ifoda etgan uchrashuvlar ko‘tarinkilik bilan tashkil etilmoqda.

Tadbirlar davomida yuksak insoniy fazilatlari, samarali mehnat faoliyati, oilada farzandlar tarbiyasidagi ibrati bilan el nazariga tushgan, yurt ravnaqi, Vatan taraqqiyoti uchun kamarbasta bo‘lgan fidoyi farzandlarni voyaga yetkazgan onalarga, opa-singillarga hurmat va ehtirom ko‘rsatilmoqda.

Tuman hokimligi hamda oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda tuman hokimligida bir necha yillardan buyon faoliyat olib borayotgan va o‘zining namunali hulqi bilan jamoaga o‘rnak bo‘layotgan  xodimlar hamda uzoq yillardan buyon el koriga kamarbasta bo‘lib kelayotgan tumanimiz jonkuyarlarining onalariga ehtirom ko‘rsatildi.

Qo‘shtepa tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i A.Yunusov hamda tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldashevalar ishtirokida mo‘’tabar onaxonlarimizning har birlariga alohida ehtirom ko‘rsatilib, tuman hokimining Tashakkurnomasi, guldastalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.





 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram