Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARINI SAMARALI HAL ETISH YUZASIDAN SEMINAR O‘TKAZILDI
2024-06-15 09:33:10 495
Farg‘ona shahridagi “Tadbirkorlar markazi”ning majlislar zalida xotin-qizlarning huquqiy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Farg‘ona, Marg‘ilon, Quvasoy shaharlari, Qo‘shtepa, Quva, Yozyovon va Toshloq tumanlari mahalla xotin-qizlar faollari hamda oila va xotin-qizlar bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarni Vazirlar Mahkamasining ma’sul xodimi D.Ermatov ochib berdi.
Shuningdek, seminarda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari O.Musurmonova, Ichki ishlar vazirligidan J.Urakov, Sog‘liqni saqlash vazirligidan F.Taxirova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan A.Mahmudova, Davlat mulkini boshqarish agentligidan X.Rashidov, "Hunarmand" uyushmasidan I.Sadullayev tomonidan tegishli mavzularda taqdimotlar o‘tkazildi.
Seminar yakunida sohaga doir masalalar muhokama qilindi hamda bir guruh yuqori natijalarga erishgan, o‘z faoliyatini samarali tashkil etgan xotin-qizlar faollari taqdirlanishdi.
Quvonarlisi, 52 nafar taqdirlanganlar ichida Qo‘shtepa tumanida faoliyat yuritayotgan 13 nafar xotin-qizlar faollari bor. Tumanimiz xotin-qizlarining bu yutug‘i tumanimizga bayram oldidan munosib sovg‘a bo‘ldi.