Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“ESHONGUZAR”DA 500 DAN ORTIQ XONADONLARGA KIRIB BORILDI VA HUQUQIY MASALALAR O‘RGANILDI
2024-06-14 15:08:01 490
Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi vakillari Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son farmoni ijrosi yuzasidan Qo‘shtepa tumanidagi “Eshonguzar” MFYda uyma-uy yurish orqali 500 dan ortiq xonadonlarga kirib borildi.
“Eshonguzar” MFY da 1008 xonadonlarda 1550 ta oila istiqomat qiladi. Aholining 98 nafari tadbirkorlik faoliyati bilan mashg‘ul.
Mahallada muammolar o‘rganilishi jarayonida aholining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joy uchun subsidiya ajratish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi kabi muammolari aniqlandi.
O’rganish davomida 105 nafar eshonguzarliklarga yuridik masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlar ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.