Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HOKIM VA BITIRUVCHI YOSHLAR UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI
2024-06-11 15:04:00 245
Mamlakatimizda yoshlarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Buni ularning chuqur bilim olishi, o‘zlari tanlagan kasbda iqtidoru qobiliyatini namoyish etishiga yaratilayotgan imkoniyatlarda ham ko‘rish mumkin.
Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida bevosita yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘rnatish maqsadida “Hokim va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev bilan o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarning o‘z vataniga daxldorlik hissi, tashabbuskorligi, yangilikka intiluvchanligi, yaratuvchilik ishtiyoqi va bir qancha jihatlari yaqqol namoyon bo‘ldi.
Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish, bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlaridan mazmunli foydalanishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan tadbirda ta’lim muassasalarining 150 nafardan ziyod bitiruvchi yoshlari ishtirok etdi.
Samimiy muloqot davomida tuman hokimi yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar, kelajakda ko‘proq yutuq va muvaffaqiyatlarga erishish yo‘llari xususida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbirda so‘z olgan bitiruvchi yoshlar vakillari ham orzu-istaklari, maqsadlari haqida gapirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tuman rahbaridan tegishlicha javob olishdi.
Shuningdek, erkin muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar tomonidan ko‘plab takliflar ham bildirildi.