Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRI “QIYQI” MAHALLASIDA BO‘LDI
2024-06-10 17:31:17 208
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qo‘shtepa tumanida bo‘lgan chog‘ida “Qiyqi” mahallasiga tashrif buyurdi.
Vazirning ilk tashrif manzili “Qiyqi” mahallasi, Sardoba ko‘chasida istiqomat qiluvchi Siddiqjon Toshboltayevlarning xonadoni bo‘ldi.
Siddiqjon Toshboltayevning oilaviy daromadini oshirish maqsadida imkoniyatlaridan kelib chiqib, tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mahalla hokim yordamchisi Baxtiyor Taniqulovning tavsiyasiga ko‘ra imtiyozli kredit asosida 25 million so‘mlik 10 dona tandir, 6 million so‘mlik 4 quti asalari, 4 million so‘mlik 40 bosh parranda, 10 dona bepul quyon bilan ta’minlanib, 4 ta yo‘nalishda paket tayyorlandi.
Ish boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, qisqa muddat ichida oilada 6 kishi va hududdagi 5 nafar ishsiz ayollarning doimiy bandligi ta’minlandi. Qishloq ayollari hozirda oilaning asosiy daromad manbai bo‘lgan patir yopish ishlarida ko‘mak berishadi.
Bundan tashqari xonadon egalari tabiiy o‘g‘it - biogumus tayyorlash bilan ham shug‘ullanishadi va tomorqadagi uzumdan ham yaxshigina daromad olishadi.
Vazir Siddiqjon Toshboltayevning faoliyati bilan yaqindan tanishib, u bilan hamsuhbat bo‘ldi. Shuningdek, tadbirkorning kelgusidagi rejalari bilan fikr almashdi va loyihalar yuzasidan zarur ko‘rsatmalar, taklif hamda tavsiyalar berildi.