Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPANING FAXRLI FARZANDI

×

 2024-06-05 12:39:57    227

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanidagi “Qumtepa” mahallasini jahonga tanitib yurgan tumandoshimiz borligini bilasizmi? Bu yigit Saidjon Salimov Erkinjon o‘g‘li.

Saidjon 1994 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta-maxsus, bank xodimi. U sportning uchta turi bilan shug‘ullanib uchalla tur bo‘yicha ham yuqori natijalar ko‘rsatib kelmoqda.

Birinchisi, sportning Sharq yakka kurashi "TEKVAN-DO" turi bo‘yicha 2008 yil - "Yoshlar yili" munosabati bilan o‘tkazilgan Respublika chempionatida kumush medal va 2010 yili esa oltin medalni qo‘lga kiritib, Respublika chempioni bo‘ldi. "TEKVAN-DO" ning birinchi DAN “Qora belbog‘” sohibi.

Saidjon Salimov "Belbog‘lik kurash" bo‘yicha ham 3 karra O’zbekiston Respublikasi chempioni bo‘lgan va shu tur bo‘yicha "Sport ustasi" unvoniga ega.

Shuningdek, sportning "Erkin kurash" turi bo‘yicha esa 2 karra Respublika chempioni bo‘lgan. Shu tur bo‘yicha ham "Sport ustasi" unvoniga ega.

2015 yili Qirg‘iziston davlatida "Erkin kurash" bo‘yicha o‘tkazilgan "OSIYo-GRAN PRI” ochiq chempionatida ishtirok etgan Saidjon Salimov bronza medali sovrindori bo‘ldi.



Saidjon hozirgi kunda Namangan Davlat Universitetida sirtdan taxsil olmoqda.

Saidjondek farzandi borligidan nafaqat Qumtepa ahli, balki butun qo‘shtepaliklar faxrlanishadi.

Saidjon Salimovni kelajakda jahon chempionatlarida ishtirok etib Qo‘shtepaga oltin medallar olib kelishini umid qilib qolamiz va unga omad tilaymiz!





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram