Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEKTOR RAHBARLARI TOMONIDAN TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILDI

×

 2024-06-05 12:08:14    216

PDF yuklash
Chop etish


 

Bugun Qo‘shtepa tumanidagi “Yoshlar makazida”da tuman hokimi A.Abdullayev va sektor rahbarlari ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi. Unda turli yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, shuningdek endi faoliyatini boshlash arafasida turgan yosh tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Qabul davomida 40 nafardan ziyod tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish, faoliyatini rivojlantirish uchun bank krediti olish, sanoat zonasidan yer ajratish, kadastr masalalari, faoliyatni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun joy olish, Kasanachilikka jalb qilingan nogiron ishchilar uchun subsidiya ajratish kabi turli masalalardagi murojaatlarni o‘rtaga tashladilar.

Har bir murojaat tegilshi tashkilotlarning mas’ullari ishtirokida ko‘rib chiqilib, qabul davomida hal etilishi mumkin bo‘lganlariga amaliy yechimlar belgilandi. Ba’zi murojaatlarni ijobiy hal etilishi uchun qo‘shimcha o‘rganishlar olib boriladigan bo‘ldi.

Shuningdek, qabulda qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan murojaatlar bo‘yicha tadbirkorlarga tegishli tushuntirishlar berildi. 










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram