Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA 50 NAFAR BOLAJONLARNING SUNNAT TO‘YLARI O‘TKAZIB BERILDI

×

 2024-06-01 16:50:55    413

PDF yuklash
Chop etish


 

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qo‘shtepa tumani hokimligi va “Marg‘ilon sahovati”ning tashabbusiga ko‘ra mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan 50 nafar boquvchisini yo‘qotgan va kam ta’minlangan oilalar farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazildi.

Tuman markazidagi muxtasham “Rayhon” tantanalar saroyida o‘tkazilgan tadbirda sektor rahbarlari, “Marg‘ilon sahovati” jamoasi, to‘y bolalarning oila a’zolari va yaqinlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tantanada so‘z olgan tuman hokimi A.Abdullayev to‘y bolalarni bugungidek quvonchli kun bilan samimiy muborakbod etdi.

Bolajonlarning sunnat to‘ylari milliy an’analarimiz asosida o‘tkazilgani barchaga quvonch hadya etdi, to‘y bolalar va ularning ota-onalari qutlovlardan mamnun bo‘ldi.

Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik hamda xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

To‘y bolalarning barchasiga xomiylar tomonidan to‘y sarposi, ust-bosh qilib berildi. Tantanali tadbir davomida sektor rahbarlari ishtirokida bolajonlarga velosipedlar va boshqa esdalik sovg‘alari topshirildi.

Viloyatimizning xushovoz san’atkorlari tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Milliy an’analarimiz qadrlangan, ezgulikka yo‘g‘rilgan bu kabi xayrli ishlar yurtdoshlarimiz qalbida mehr-oqibat, saxovat, odamiylik, ezgulik fazilatlarini, shu bilan birga, ularning ertangi kunga bo‘lgan umid va ishonchini mustahkamlamoqda.


























 

 

 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram