Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI
2024-05-31 14:53:24 224
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan navbatdagi press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar qatnashdi.
Ishtirokchilar press-tur davomida “Qumtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘z faoliyatni boshlagan “Ra’no Nigora baxti” MChJ qoshida Davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan “Nur” nomli bolalar bog‘chasining ochilish marosimida qatnashdilar.
Bog‘chaning mashg‘ulot xonalari zarur mebel va ko‘rgazmali o‘quv anjomlari bilan jihozlangan. 3 ta guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularga 100 nafar bolajonlar jalb qilingan va 15 ta ishchi o‘rni yaratilgan.
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari “Qumtepa” mahallasi hududida joylashgan “Ra’noxon Xomidova” MChJ tomonidan amalga oshirilgan xususiy tibbiy xizmat ko‘rsatish loyihalari bilan ham tanishdilar.
O’z faoliyatni boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan “Ra’noxon Xomidova” MChJ xususiy tibbiy xizmat ko‘rsatish markazi 2 milliard miqdoridagi mablag‘ hisobiga qad ko‘targan va barcha zamonaviy meditsina uskunalari bilan jihozlangan.
Bemorlarning sog‘lig‘ini saqlash va tumanimiz aholisiga qulayliklar yaratish maqsadida tashkil etilgan markazga malakali shifokorlar jalb qilingan bo‘lib, 12 ta ishchi o‘rni yaratilgan. Tadbir ishtirokchilari ham press-tur davomida tibbiy xizmat ko‘rsatish markazidagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, press-turdan so‘ng “Ra’noxon Xomidova” MChJ xususiy tibbiy xizmat ko‘rsatish markazida jurnalist va blogerlar uchun “Qo‘shtepa tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatgichlar” mavzusida matbuot anjumani ham tashkil etildi.
Matbuot anjumani Qo‘shtepa tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Axrorjon Yunusov ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Anjuman davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishlicha javoblar olishdi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.