Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA SAYYOR QABUL BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-05-28 22:32:00    167

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani Madaniyat uyida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Bobur Primqulovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Bobur Primqulov, boshqarma bo‘limi mudiri Orif Abdullayev, Qo‘shtepa tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Oybek Murodov hamda tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari ishtirok etdi.  

Sayyor qabul davomida fuqarolarning imtiyozli davolanishga order olish, yurak operatsiyasi, imtiyozli tish protezi qo‘ydirish, nogironlik aravachasi, nogironlik guruhiga chiqish va boshqa masalalarga oid 18 ta murojaati qabul qilindi.

Murojaatlarning 16 tasi shu yerning o‘zida mas’ullar bilan ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 2 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram