Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA PILLA TERIMI AVJIDA

×

 2024-05-27 09:49:44    194

PDF yuklash
Chop etish


Joriy mavsumda Qo‘shtepa tumanida fermer xo‘jaliklari xamda kasanachilar tomonidan 2 ming 423 quti ipak qurti parvarish qilinib, 145 tonnadan ziyod kumush tola yig‘ib olish rejalashtirilgan.

Ipak qurti parvarishi uchun tumanda 2 ming 200 dan ortiq ipak qurti boquvchi oilalar hamda 392 dan ziyod fermer xo‘jaliklari bilan ichki shartnomalar tuzilgan.

- Ipak qurti boquvchi oilalarning yetishtirgan chilgi hosillari ko‘zlangan darajada tosh bosmoqda. Rejani ortig‘i bilan bajarganlarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirlab xalol mehnatlari uchun tashakkurimizni bildirmoqdamiz, - deydi tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva.

Tuman pillakorlarining shijoati baland. Qabul maskanlarida yetishtirilgan mo‘l pilla hosilini yig‘ishtirib olish, sifati buzilmasidan pillani qabul qilish maskanlariga topshirish va quritish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. 145 tonnalik “kumush tola” xirmonini yaratish borasidagi barcha tadbirlar izchillik bilan davom ettirilyapti.






 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram