Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ILK DADIL QADAMINGIZ QUTLUG‘ VA MUBORAK BO‘LSIN!

×

 2024-05-25 11:37:36    257

PDF yuklash
Chop etish


Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo‘shtepa tumani ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq”  tadbirida tuman prokurori A.Xudoyberganov ishtirok etdi. Tadbirda tuman prokurori bitiruvchilarni ushbu hayajonli va tarixiy lahzalar bilan qutlab, Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Bayram tadbirida fidoiy ustozlar va namunali xulqi va odobi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilar tuman prokurorining Tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yangradi. Tantanada ota-onalar, mehmonlar bitiruvchilarni tabriklab, ularga ta’lim–tarbiya bergan ustozlarga minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Tumandagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ana shunday bayromana tarzda nishonlandi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram