Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 204 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ASOSIY MAQSAD - AHOLI MUAMMOLARIGA YECHIM TOPISH VA XALQNI ROZI QILISH

×

 2024-05-20 18:27:50    225

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida bo‘lib turgan Respublika ishchi guruhi a’zolari hududlarda bo‘lib, mahallalar aholisining muammolarini o‘rganib, ularga tezkor va ijobiy yechim topishda yaqindan yordam bermoqdalar.

Jumladan, ishchi guruhi a’zolari tomonidan “Kichikbeshkapa” mahallasining 0,4 km ichki yo‘llari shag‘allashtirildi va natijada Subxidam ko‘chasida istiqomat qiluvchi 50 ta xonadonning muammosi hal etildi.

Shuningdek, “Balandmasjid” va “Ko‘prikboshi” mahallasida ham aholining yo‘l bilan bog‘liq muammolari hal etildi.

“Langar” mahallasida yashovchi aholining murojaatiga ko‘ra esa Mardlik ko‘chasidagi ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etilib, 140 ta xonadonning ichimlik suvi muammosi ijobiy yechim topdi.

“Solijonobod” mahallasi, Yuksalish ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Xolmatovaning murojaati ham ijobiy hal etilib, elektr ta’minotidagi nosozliklar bartaraf etildi.







 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram