Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2024-05-17 19:51:11    175

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida bugun hududlarda bo‘ldi.

Tuman rahbari "Baxti Yo‘ldosh Oxun" MMTP hududidagi "Al-Murtazo Mumtoz", "Far Shahartepa Shomirza" MMTP hududidagi "Moxinur Sarvinoz" fermer xo‘jaliklarining dala maydonlarida joriy yil hosili uchun yetishtirilayotgan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi bilan tanishdi.

Tuman hokimi tomonidan fermer xo‘jaligi rahbarlariga g‘o‘za parvarishidagi agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek tuman rahbari "Baxt Paxtakor Garmdon" MMTP hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashib hududda 2024 yil hosili uchun yetishtirilayotgan g‘alla va g‘o‘za maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi yuzasidan dala sharoitida suhbatlashdi.

Tuman hokimi tomonidan g‘alla va g‘o‘za maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishini ta’minlash hamda xashorotlarga qarshi qurashish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram