Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR QABULLARDA MUROJAATLAR YECHIM TOPMOQDA
2024-05-14 16:23:19 220
Bugun Qo‘shtepa tumanidagi “Istiqlol” MFY binosida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Adliya bo‘limi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 8 nafar jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarini qiynayotgan muammolari bilan ishtirok etishdi. Murojaatlardan 4 tasi pensiya, 4 tasi qarz undirish bilan bog‘liq masalalar bo‘lib, murojaatchilarga bu borada tushuntirishlar berildi.
Qabul davomida 6 ta murojaat joyida hal qilingan bo‘lsa, qolgan 2 ta murojaatlarni qanoatlantirish yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda.