Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR QABULLARDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR MUAMMOLARI YECHIM TOPMOQDA
2024-05-14 15:02:08 213
Aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida, Qo‘shtepa tumanidagi “Sohibkor” MFY binosida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Majburiy ijro byurosi tuman bo‘lim boshlig‘i Saidjon Abduqodirov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
O’tkazilgan qabulda 7 nafar jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlarini qiynayotgan muammolari bilan ishtirok etishdi. Murojaatlardan 4 tasi aliment, 3 tasi qarz undirish bilan bog‘liq masalalar bo‘lib, murojaatchilarga bu borada tushuntirishlar berildi.
Qabul davomida 2 ta murojaat joyida hal qilingan bo‘lsa, hozirda qolgan 5 ta murojaatlarni qanoatlantirish yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda va ushbu murojaatlar qonuniy ko‘rib chiqilib, qanoatlantirish choralari ko‘riladi.