Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 88 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IPAK QURTI BOQQAN ODAMNING XAZINASIGA BARAKA QO‘SHILADI 

×

 2024-05-10 12:21:05    104

PDF yuklash
Chop etish


 

Xalqimiz pillachilik bilan azal-azaldan shug‘ullanib kelgan va bu ana’na xamon davom etmoqda. Chunki, jahon ipak bozorida ipak mahsulotlariga bo‘lgan talab yuqori hisoblanadi. 

Qo‘shtepa tumanida ham daromad manbai bo‘lgan pilla yetishtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Jumladan, joriy yilda tumanda jami 2 ming 423 quti ipak qurti boqilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2 ming 200 dan ortiq ipak qurti boquvchi oilalar hamda 392 dan ziyod fermer xo‘jaliklari bilan ichki shartnomalar tuzilgan.

Darhaqiqat, ipak qurti chilgi hosil. Uni boqqan odamning xazinasiga baraka qo‘shiladi. Ipak qurtining hayoti tom ma’noda ibrat ham. Ipak qurti o‘zining hayotini garovga qo‘yib pilla o‘raydi va oxir oqibat esa harir kapalakka aylanadi. Bunda Yaratganning inoyati ko‘p, o‘zgacha bir ma’no bor.

Shu boisdan ham bugungi kunda milliy boyligimiz milliy qadriyatimiz hisoblangan pillachilikka e’tibor katta va azal-azaldan ota-bobolarimiz o‘z xonadonlarida ipak qurti parvarishiga e’tibor qaratib kelishgan. Bu ezgu yumush avloddan-avlodlarga o‘tib qadriyat sifatida davom etib kelayotganligi esa quvonarlidir. 





 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram