Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 153 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIRA BOR EKAN, MILLAT BARHAYOT!

×

 2024-05-08 15:27:36    44

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanida xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi Xotira maydonida bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Bu yerda tuman hokimi A.Abdullayev va sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari va harbiylar, jamoat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari, frontorti va mehnat faxriylari, afg‘on urushi ishtirokchilari, Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashgan tumandoshlarimiz hamda yoshlar vakillari hozir bo‘ldilar.

Barchamizga ma’lumki 9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan tumanimizda milliy bayrog‘imiz ranglari aks etgan sharaf lentalari tarqatish chellenjiga start berilgan edi. Tadbir davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi tuman bo‘linmasi hamda yoshlar tomonidan ushbu chellenj davom ettirilib tadbir ishtirokchilariga sharaf lentalari tarqatilib, guldastalar ulashildi.  

Tadbir davomida Xotira maydonidagi yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan hamyurtlarimiz xotirlanib, hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.

Xotira va qadrlash kuni tadbirlari tumanimizdagi barcha mahallalarda, mehnat jamoalarida, ta’lim muassasalarida ko‘tarinki ruhda davom etib, nuroniy keksalar yo‘qlanmoqda.





















 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram