Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN KENGASHI DEPUTATLARI VA “MAHALLA YETTILIGI”NING O‘ZARO HAMKORLIGI YO‘LGA QO‘YILDI
2024-05-07 17:18:21 171
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qaroriga asosan, mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashi deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida, tuman Kengashining tegishli qarori bilan tuman Kengashi deputatlari tegishli saylov okruglaridagi mahallalarga biriktirilgan.
Mazkur qarorga asosan, tuman kengashi deputatlari Sh.Sharapov hamda A.Nabiyevlar tomonidan o‘zlari biriktirilgan tegishli saylov okruglaridagi mahallalarda “Mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar muhokamasi yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazildi.