Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2024-05-06 20:15:44    121

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida bugun  “A.Niyozov Oqtepa”, “Qumtepa Qamishtepa” va “Qoraqushchi Otaboyev” MMTP hududida bo‘ldi.

Tuman rahbari “A.Niyozov Oqtepa” hamda “Qumtepa Qamishtepa” MMTPlar hududida tashkil etilgan mexanizatorlar uylarida joriy yil hosili uchun yetishtirilayotgan g‘o‘za maydonlarida faoliyat olib borayotgan mexanizatorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, “A.Niyozov Oqtepa” MMTP hududidagi “Abdullajon”, “Sherzodbek”, “Nuriddin Taniqulov”, “Baxodir Mirzayev”, “Xudoyberganov Qosim”, “Maxsudov Valijon yeri”, “Fayzli Odil Maxmud” hamda “Qoraqushchi Otaboyev” MTTP hududidagi “Asilbek Baraka” fermer xo‘jaliklarining dala maydonlarida g‘o‘zaga birinchi kompleks ishlov berish va joriy yil hosili uchun yetishtirilayotgan g‘alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan ham tanishdi.

Tuman hokimi tomonidan fermer xo‘jaliklarining rahbarlariga g‘o‘za va g‘alla maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. 

















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram