Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 166 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA "MADANIYAT VA MA’RIFAT OYLIGI” DOIRASIDA O‘TKAZILAYOTGAN TADBIRLAR KO‘TARINKI RUHDA BO‘LIB O‘TMOQDA

×

 2024-05-06 19:38:52    109

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanidagi "Shahartepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Madaniyat va ma’rifat" oyligi doirasida "Ularning hayoti biz uchun ibrat" shiori ostida ma’naviy-marifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida tuman nuroniylar jamg‘armasi raisi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari, uzoq yillar pedagog bo‘lib yoshlarga ta’lim tarbiya bergan ustozlar, mahalladagi faxriy otaxon va onaxonlar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda faollar va mehmonlar tomonidan o‘z hayot yo‘llarida duch kelgan to‘siqlari va erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdilar. Shuningdek, yoshlarga bugungi kunda ular uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan oqilona foydalanib hayotda o‘z o‘rnilarini topishlari zarurligini tushuntirdilar. Tadbir yakunida mehnat faxriylari yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

 



 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram