Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA YAKKA YOLG‘IZ YASHOVCHI FUQAROGA XOMIYLIK ASOSIDA UY- JOY QURIB BERILMOQDA
2024-05-06 17:37:34 137
Viloyat hokimi X.Bozarovning Qo‘shtepa tumani Ko‘prikboshi mahallasi Kattariq ko‘chasida yakka yolg‘iz yashovchi O.Nazarovning xonadonida bo‘lib, ushbu oilani ijtimoiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan bergan ko‘rsatmasiga asosan tuman hokimining tashabbusi bilan xomiylik asosida unga uy-joy qurib berilmoqda.
Hozirda ushbu oilaga qurilayotgan uy-joyda qizg‘in suratda ish olib borilmoqda. Tuman hokimi va sektor rahbari, shuningdek mahallaning mas’ullari tomonidan bevosita qurilish ishlari nazoratga olingan.
Xalqimiz azaldan o‘z saxovati, mehr muruvvati bilan dong qozonib kelgan. Albatta, bunday xayrli ishlarga rahbarlarning o‘zlari bosh-qosh bo‘lib turganligi juda katta ahamiyatga ega.