Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DALALARDAN DARAKLAR
2024-05-03 16:07:43 493
Dehqonlarning o‘rni dalada. Bu, madaniy ekinlar ekib, agrotexnika qoidalari asosida parvarishlayotgan qishloq xo‘jaligi xodimlari va mehnatkashlarning har doim amal qiladigan vazifasi. Bahor fasli esa dehqonchilikda dolzarb palla hisoblanadi.
Qo‘shtepa tumanida joriy yilda 7 ming 900 gektar maydonda bug‘doy parvarishlanmoqda. 156 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 6 ming 890 gektar maydonga chigit qadalgan.
Har bir MMTP hududida mexanizatorlarga, mavjud fermer xo‘jaliklarining dala shiyponida esa ishchilarga qulay shart-sharoitlar yaratilgan. G’o‘za qator orasiga birinchi kompleks ishlov berish kultivatsiya, chuqur yumshatish va o‘g‘itlash, qo‘lda chopiq qilish hamda yaganalash, biomahsulot tarqatish ishlari sifatli o‘tkazilmoqda. Shuningdek, boshoqli don ekinlari mineral o‘g‘it bilan to‘yintirilib, oziqlantirilmoqda.