Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IPAK QURTI PARVARISHI AVJIDA
2024-05-01 15:02:59 263
Ayni kunlarda Qo‘shtepa tumanidagi pillakorlar mo‘l pilla hosili yetishtirish maqsadida shijoat bilan mehnat qilmoqdalar. Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Pilla – bu daromad manbai”dir.
Joriy mavsumda tumandagi fermer xo‘jaliklari hamda kasanachilar tomonidan 2 ming 423 quti ipak qurti parvarish qilinib, 145 tonnadan ziyod kumush tola yig‘ib olish rejalashtirilgan.
Ipak qurti parvarishi uchun tumanda 2 ming 200 dan ortiq ipak qurti boquvchi oilalar hamda 392 dan ziyod fermer xo‘jaliklari bilan ichki shartnomalar tuzilgan. Ayni kunlarda esa ipak qurti parvarishi qizg‘in davom etmoqda.
Qishloq xo‘jaligida yilning dastlabki xirmonini barpo qilishda tuman hokimligi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi, mahalla fuqarolar yig‘inlari va pillachilikka mutasaddi rahbarlar hamda soha mutaxassislari pillakorlarga yaqindan yordam berib kelmoqda.