Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSH TADBIRKOR TOMONIDAN STOL-STUL ISHLAB CHIQARISH FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI
2024-05-01 14:15:11 239
Qo‘shtepa tumanidagi Do‘rmon mahallasida yashovchi Baxtiyor Isajonov tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalla hokim yordamchisi Fazliddin O’rinovga murojaat qildi. Hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra unga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida 31 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi.
Yosh tadbirkor tomonidan bugungi kunda stol-stul ishlab chiqarish faoliyati tashkil etilib, 3 ta ish o‘rni yaratildi. Qolaversa mijozlari kundan kun ko‘payib, daromadi ham ortib bormoqda.