Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVBATDAGI SESSIYA BO‘LIB O‘TDI
2024-04-30 12:08:27 248
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 68-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman Kengashi deputatlari, tashkilotlar, idora va korxonalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya ishini tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Anvarjon Abdullayev olib bordi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Boburjon Axmadjonovning “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706–IV-sonli qarori to‘g‘risida”gi axboroti tinglandi.
Sessiya davomida kun tartibi bo‘yicha ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachidan javob olishdi va ushbu masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.