Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 138 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

×

 2024-04-27 16:33:40    318

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida tuman hokimi Anvarjon Abdullayev rahbarligida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan tanqidiy-taxliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, ta’lim sohasi mutasaddilari, maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda tuman rahbari sifatli ta’limni ta’minlashda maktablarda o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, o‘quvchilar davomati, ularning bilim darajasi, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati, ularning mas’uliyati va o‘quvchilar bilan ishlashlari, maktab va ota-onalar munosabatlari haqida o‘zining fikrlarini bayon qildi.

Shuningdek, yig‘ilishda ta’lim sifati past maktablarning faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida, o‘quv yili davomida ta’lim muassasalarida ta’lim sifati samaradorligini oshirish, pedagog xodimlar salohiyatini yaxshilash, doimiy ravishda davomat tadbirlarni o‘tkazib borish, «mahalla – maktab –oila» tamoyili asosida hamkorlikni kuchaytirish va o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram