Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANI HOKIMLIGIDA “MA’RIFIY ISLOHOTLAR VA BARKAMOL INSON TARBIYASI” MAVZUSIDA SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI
2024-04-26 13:30:47 218
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida hokimlik xodimlari uchun “Ma’rifiy islohotlar va barkamol inson tarbiyasi” mavzusida siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu siyosiy-ma’rifat soatida ma’ruzachilar tumandagi 2-IDIMI ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi I.Rizayeva, 1-sonli kasb hunar maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi F.Yunusovalar “Ma’rifiy islohotlar va barkamol inson tarbiyasi” mavzusiga tegishlicha to‘xtalib o‘tdilar.
Barchamizga ma’lumki, joriy yil 22-26 aprel kunlari an’anaviy IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda. “Kitobsevar millat” shiori ostidagi haftalik Qo‘shtepa tumanida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Bugungi tadbirda ham kitobxonlik targ‘ibotiga alohida to‘xtab o‘tildi.
Haftalik doirasida tumanimizda o‘tkazilgan tadbirlar va haftalikning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tgan tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Mo‘ydinova o‘zining shaxsiy kutubxonasidan keltirilgan badiiy kitoblarni o‘qish uchun hokimlik xodimlariga tavsiya qildi.
Shuningdek, tadbir davomida tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari U.Xolmatov haftalik doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etgan I.Rizayeva va F.Yunusovalarni rag‘batlantirdi.