Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANI: G‘O‘ZAGA BIRINCHI KOMPLEKS ISHLOV BERISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

×

 2024-04-24 14:41:57    121

PDF yuklash
Chop etish


 

Joriy yil hosili uchun Qo‘shtepa tumani paxtachilik fermer xo‘jaliklari tomonidan jami 6 ming 890 gektar maydonga chigit qadalgan. Ayni damlarda hududlarda g‘o‘zaga birinchi kompleks ishlov berish ishlari qizg‘in ravishda olib borilmoqda.

Tuman bo‘yicha 130 dan ortiq kultivator mazkur tadbirga jalb etilgan bo‘lib, o‘rtacha bir kunda 250 gektar maydondagi g‘o‘za qator oralariga ishlov berilmoqda.

Shuningdek, paxta maydonlarida uchraydigan xavfli zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish, biohimoyani yanada rivojlantirish, hududlarda biologik himoyalashni kuchaytirish maqsadida g‘o‘za maydonlariga oltinko‘z, trixogramma tarqatish ishlari olib borilmoqda.

Muxtasar aytganda, o‘tayotgan har bir kun dehqonlarimiz uchun g‘animat. Shuning uchun ham ular, bugun har bir daqiqadan unumli foydalanib, dalada agrotexnik tadbirlarining sifatli olib borish hamda bu bilan ertangi hosilning cho‘g‘ini baland va xirmonning barakali bo‘lishini harakatida. 

 






 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram