Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HIMMATINGIZGA BALLI O’QCHILIKLAR!

×

 2024-04-24 14:09:58    125

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanidagi O’qchi mahallasida saxovatli insonlar juda ko‘p topiladi. Bir necha yildirki mahalla ahli har yili bir an’anani davom ettirib kelishmoqda. An’anaga ko‘ra saxovatli va oliy himmat insonlar yil davomida ko‘ngildan chiqqanini o‘rtaga tashlab to‘plashadi. Yig‘ilgan pulga esa tuman va sektor rahbari bilan maslahatlashib hashar uyushishtirishdi. Ular har yili oz bo‘lsada mahalladagi suv, yo‘l, elektr bilan bog‘liq muammolarni imkon qadar o‘zlari hal etishga harakat qilishadi.

Aslida, O’qchi mahallasida ham birinchi darajali muammolarni bartaraf etish va aholiga munosib turmush sharoitini yaratish borasida davlatimiz tomonidan eng dolzarb masalalarni yaxshilash orqali aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish yo‘lida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Lekin, yuqorida ta’kidlaganimizdek mahalla ahli ham bir chetta qarab turmay, bunyodkorlik ishlarida o‘z xissalarini qo‘shishmoqda.

Shu kunlarda O’qchi mahallasida istiqomat qiluvchi tadbirkor Dilmurodjon Yusupovning tashabbusi bilan mahalla ahli tomonidan hashar tashkil etilib, xomiylik asosida Yangi Farg‘ona ko‘chasiga 40 dona yangi elektr beton tayanch ustunlari o‘rnatish hamda zamonaviy kabel tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar Qo‘shtepa tumani elektr ta’minoti korxonasi tomonidan olib borilmoqda.





 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram