Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2024-04-23 13:49:20 230
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videomaterialda Qo‘shtepa tumanidagi Xumdon MFY hududida tadbirkorning fermasida vaqtincha istiqomat qilayotgan N.Eminovlar oilasi xususida so‘z yuritilgan.
Ushbu murojaat tuman hokimi A.Abdullayev, tuman prokurori, 2-sektor rahbari A.Xudoyberganov va mas’ullar ishtirokida o‘rganilib, ushbu oilaning xolidan xabar olindi.
N.Eminovlar oilasi Qo‘shtepa tumanidagi Solijonobod MFY hududida yashab kelgan va alohida uy-joy qilish maqsadida, ota-onasiga tegishli xovli joydan ko‘chib chiqishgan. Hozirgi kunda uch kishidan iborat ushbu oila Xumdon MFY hududida tadbirkorning dala shiyponida vaqtincha yashab, fermasida mehnat qiladi.
Tuman hokimi va sektor rahbari Eminovlar oilasi bilan uchrashib, suhbat chog‘ida muammolarini o‘rganishdi va ularga subsidiya asosida imtiyozli uy-joy olish tartibi haqida tushuncha berildi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi axborot xizmati.